BAG‘DOD TUMANI HOKIMI MAQSADJON ISAQOVNING TUMAN AHOLISIGA MUROJAATI
2026-06-19 17:35:00 / Раҳбариятнинг баёнотлари ва нутқлари

Hurmatli ota-onalar, ustozlar, mahalla faollari va jamoatchilik vakillari!
Farzandlarimizning ta’lim-tarbiyasi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yot g‘oyalardan asrash borasidagi mas’uliyatimizni yanada kuchaytirishimiz lozim. Chunki yoshlar taqdiri va kelajagi — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.
📶Bag‘dod tumanida giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarning oldini olish, ularning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish hamda profilaktik ishlarni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tizimli choralar amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar bundan buyon ham qat’iy davom ettiriladi.
Aziz yurtdoshlar!
Agar siz giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan bog‘liq noqonuniy holatlar haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, bu haqda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga zudlik bilan xabar berishingizni so‘rayman. Sizning faol fuqarolik pozitsiyangiz, hushyorlik va befarq bo‘lmagan munosabatingiz yoshlarimiz kelajagini, oilalarimiz tinchligini va jamiyatimiz barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
✨Keling, barchamiz birlashib, giyohvandlikka qarshi murosasiz kurash olib boraylik, sog‘lom avlod tarbiyasi va farovon kelajak yo‘lida hamjihat bo‘lib harakat qilaylik.
Maqsadjon Isaqov,
Bag‘dod tumani hokimi
