TUMAN KENGASHI SESSIYASI
2026-05-25 19:35:00 / Янгиликлар
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining navbatdan tashqari yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi (https://t.me/bagdodim_news/69376). Unda deputatlar, tuman rahbariyati, mutasaddi tashkilotlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibida Bag‘dod tumani hokimligi huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sardorjon Qoraboyevning hisoboti eshitildi.
Hisobot davomida jamg‘arma mablag‘larini hudud infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy obektlarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan loyihalarga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
✨Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Muhimi, qabul qilingan qarorlar aniq ijro mexanizmlari orqali hudud rivoji va aholi manfaatlariga xizmat qilishi ta’kidlandi.









