Халы депутатлари Ангрен шаҳар Кенгашининг сессияси бўлди
2026-01-16 17:10:00 / Янгиликлар
Бугун Ангрен шаҳар ҳокимлиги мажлислар залида Халқ депутатлари шаҳар Кенгашининг навбатдаги йигирма иккинчи сессияси бўлиб ўтди.
Сессия ишини Халқ депутатлари Ангрен шаҳар Кенгаши раиси М.Холматов олиб борди.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Angren shahar Soliq inspeksiyasi masʼulining hisoboti tinglandi.
Unda Аngren shahrining 2026-yilgi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘i stavkalari uchun belgilangan koeffitsiyentlar to‘g‘risida mazlumotlar berildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 405-sonli qarori 5-bandi ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi ishlar samaradorligi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish hamda ushbu tadbirlarning ommaviy axborot vositalarida yoritilishiga alohida e’tibor qaratilishiga, hududlarda kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishga kelishib olindi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha shahar kesimida yer solig‘i stavkalari uchun 2026-yilda belgilangan koeffitsiyentlar ko'rib chiqilib, muhokama qilinib qarorlar qabul qilindi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Obodonlashtirish boshqarmasi masʼuli A. Kamolxonov so‘zga chiqi va mavzuga oid axborot berdi.
Xususan, Angren shahar "Istiqlol", "Ozodlik" mahalla fuqorolar yig'inlarida "Yangi O'zbekiston" qiyofasiga aylantirish bo'yicha "Angren tajribasi" borasida olib borilayotgan ishlar to'g'risidagi hisoboti tinglandi.
Angren shahar "Istiqlol" va "Ozodlik" mahalla fuqorolar yig'inidagi amalga oshirilayotgan ishlar yakunlnishi yuzasidan qo'shimcha qarorlar qabul qilinib loyihalar yakuniga yetkazilgandan so'ng chorak yakunida hisobotni qayta ko'rib chiqishga kelishib olindi.
