“Qizil” toifaga kiruvchi mahallalarda ishlar davom etmoqda
2024-04-17 19:30:00 / Yangiliklar
“Qizil” toifaga kiruvchi mahallalarda ishlar davom etmoqda
16-aprel kuni Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov boshchiligidagi ishchi guruh "qizil" toifaga kiritilgan “Mustaqil yurt” va “Yangi Qo‘yliq” mahallalarida avvalroq berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishish, yuzaga kelayotgan masalalarni bartaraf etish maqsadida Olmazor va Mirobod tumanlarida bo‘ldi.
Ishchi tashrif davomida loyihalar smetasi va ularni amalga oshirish muddatlari o‘rganildi.
Sh.Umurzakov mavjud yashil fondni o‘rganish, sug‘orish tizimi va usullarini takomillashtirish, daraxtlarni "davolash" amaliyotini joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Bank tashkilotlari ishsiz aholiga, mehnat uchun jihozlarni taqdim etish orqali, ularni ish bilan ta’minlashga qaratilgan samarali mexanizmni yo‘lga qo‘yish zarurligini yana bir bor ta’kidladi.
Hududda “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi doirasida kameralar o‘rnatishga alohida e’tibor qaratib, pudratchilarni HSSh tamoyili asosida jalb qilishni tavsiya qildi.
Poytaxt hokimi ishda eskirgan andozalardan voz kechish, zamonaviy me’yor va talablarni inobatga olish zarurligini ta’kidladi. Harakati cheklangan fuqarolar uchun o‘zaro uyg‘unlikda va yagona kod bo‘yicha barcha sharoitlarni ta’minlash zarurligini aytdi.
Aslida yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan, biroq tadbirkorlik faoliyati subyektiga aylangan bekat majmualariga e’tibor qaratish lozimligi aytildi. Bundan tashqari, ishlar doirasida “Toshshahartransxizmat” AJ bilan birgalikda, avtobuslarning yuk tashish hajmi va sig‘imini hisobga olgan holda, jamoat transporti yo‘nalishlari tarmog‘ini qayta ko‘rib chiqish, to‘xtash joylarini mahallalar aholisi aholi uchun eng maqbul tarzda joylashtirish rejaga kiritildi.