Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Кengashining 3-majlisi bo’lib o’tdi.
2024-03-27 16:05:00 / Yangiliklar
Bugun Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Кengashining 3-majlisi bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish shahar hududiy Kengashi a’zolari, poytaxtimizning tegishli tashkilot va idoralari rahbarlari, nodavlat-notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Avval Toshkent shahar hokimligining murojaatlar bo’limi boshlig’i N.Botirov Korrupsiyaga oid aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish to’g’risida ma’lumot berdi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi mutasaddi rahbarining o’z tizimlarida korrupsiya holatlarining oldini olish hamda ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir olib borayotgan choralari bo’yicha axboroti tinglandi.
Shuningdek, davlat tashkilotlarining o’z faoliyatida Korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan hisobotlari ham tinglanib, bu yoqimsiz holat bilan kurashishda yoshlarning o’rni va mas’uliyatini oshirish, ularda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish vazifasi yuklatildi.
Yig’ilish davomida, obodonlashtirish sohasida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish, tizimdagi ishlarni namunali va samarali tashkil etish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Toshkent shahar hokimligining Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig’i v.b. ham hisobot berdi.
Majlis so’ngida, hokimlik faoliyatida korrupsiya holatlarining oldini olish bo’yicha ko’rilayotgan chora- tadbirlar to’g’risida Mirzo Ulug’bek, Shayxontohur tuman hokimlarining ham hisoboti tinglandi.
Muhokamalar yakunida aniqlangan korrupsiya holatlariga alohida e’tibor qaratilib, ularning sabab va oqibatlari tahlil qilindi. Bu illatga qarshi kurashish yo’nalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish bo’yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.