Hurmatli prokuratura organlari xodimlari!
2024-01-08 / Voqealar taqvimi
Toshkent shahar hokimligi nomidan Siz fidoiy insonlarni kasb bayramingiz bilan chin dildan qutlaymiz!
Mehnatingiz va kasb mahoratingiz qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishda muhim o‘rin egallab, alohida minnatdorlik hamda eʼtirofga munosib.
Har biringiz tanlagan yo‘lingizda masʼuliyatni his etgan holda, muqaddas Vatanimiz – Yangi O‘zbekiston ravnaqi yo‘lida qonun ustuvorligini taʼminlashda mashaqqatli kasbingizga bo‘lgan fidoiy xizmatingiz doimo munosib baholanib, ulkan muvaffaqiyatlar sari olib borishini tilab qolamiz!
Bayramingiz muborak!