Asosiy kontentga o'tish

E’lon!

2025-02-20 10:30:00 / Majlislar

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga qarashli Shofirkon tumanida joylashgan “Qoratepa” nasos stansiyasini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sektor boshqaruviga berish loyihasi bo‘yicha tender e’lon qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga qarashli Shofirkon tumanida joylashgan “Qoratepa” nasos stansiyasini
davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga berish bo‘yicha xususiy tashabbuskoring loyiha konsepsiyasi tasdiqlandi.

 

Potensial davlat sherigi – O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hamda vakolatli davlat organi – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga quyidagi shartlarga muvofiq, ushbu davlat-xususiy sheriklik loyihalarida qatnashuvchi (yuridik shaxs) talabgorlar murojaat qilishi mumkin.

 

DXSh loyihasiga qiziqish bildirish uchun so‘rov formasi

DXSh loyihasining konsepsiyasi File

 

Tenderda qatnashish shartlari:

– talabgorlar (yuridik shaxs) qishloq va suv xo‘jaligi sohasida yetarli darajada malaka tajribaga ega bo‘lishi;

– talabgorlar (yuridik shaxs) moddiy va malaka jihatdan ta’minlangan bo‘lishi lozim.

– talabgorlar (yuridik shaxs) so‘rov formasi va takliflarini
2025-yil 7-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha topshirishlari kerak.

 

Murojaat uchun manzil:

Suv xo‘jaligi vazirligi, 100187, Toshkent shahri, Qorasuv massivi-4, 11-uy. Tel.: (71) 202-47-61; email: dxsh@minwater.uz

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, 100017, Toshkent shahri, Istiqlol ko‘chasi 29-uy.

Telefon raqami: +998(71)203-50-50 (01924)

Elektron pochta manzili: Jalil.Boykalanov@imv.uz

88

Oxirgi yangilanish: 2025-02-22 12:52:41

E’lon!