E’lon!
2025-02-20 09:50:00 / Majlislar

O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani A.Ortiqov MFYda joylashgan Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi bo‘sh yer maydonini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sektor boshqaruviga berish bo‘yicha xususiy tashabbuskorlarning loyiha konsepsiyalari tasdiqlandi.
Potensial davlat sherigi – O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hamda vakolatli davlat organi – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga quyidagi shartlarga muvofiq, ushbu davlat-xususiy sheriklik loyihalarida qatnashuvchi (yuridik shaxs) talabgorlar murojaat qilishi mumkin.
DXSh loyihasiga qiziqish bildirish uchun so‘rov formasi
DXSh loyihasining konsepsiyasi File
Tenderda qatnashish shartlari:
- talabgor (yuridik shaxs)lar qishloq va suv xo‘jaligi sohasida yetarli darajada malaka tajribaga ega bo‘lishi;
- talabgor (yuridik shaxs)lar moddiy va malaka jihatdan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
Talabgor (yuridik shaxs)lar so‘rov formasi va takliflarini
2025-yil 8-аprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha topshirishlari kerak.
Murojaat uchun manzil:
Suv xo‘jaligi vazirligi, 100187, Toshkent shahri, Qorasuv mavzesi-4, 11-uy.
Tel.: +998(71) 202-47-61;
E-mail: dxsh@minwater.uz
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, 100017, Toshkent shahri, Istiqlol ko‘chasi, 29-uy.
Tel.: +998(71) 203-50-50 (01924)
- -mail: Jalil.Boykalanov@imv.uz