SUVCHILARGA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TARQATILDI
2025-02-19 09:45:00 / Yangiliklar
Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning daromadini oshirish, qo‘shimcha rag‘batlantirish maqsadida “Yordamchi xo‘jalik”lar tashkil etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

Mavjud yordamchi xo‘jaliklar hisobidan boshqarmada faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarga 8 xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Shu bilan birgalikda, har bir xodimga 1 500 000 so‘mdan pul mukofotlari to‘lab berildi.
Ayni paytda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, issiqxona va boshqa yo‘nalishda o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan yoshlar ro‘yxati shakllantirilib, imtiyozli kredit olish uchun birlamchi hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Quyi Zarafshon ITHB matbuot xizmati