E’LON!
2025-02-17 10:00:00 / Majlislar

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ilgari surilgan “Markaziy Osiyo uchun “Yashil kun tartibi” mintaqaviy dasturi doirasida “Engage (Jalb qilish) Н2О: Davlat-xususiy muloqotlari orqali O‘zbekistonda “Yashil kun tartibi”ni rivojlantirish” mavzusida xalqaro granti 2025 yilning yanvar oyidan faoliyatini boshlanadi.
Ushbu xalqaro grant O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi ko‘magida, O‘zbekiston suv resurslaridan mukammal foydalanish “Suvchi” жамоат бирлашмаси томонидан Европа Иттифоқининг Белгиядаги “European Entrepreneurs СЕА-РМЕ” jamoat tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Uning asosiy maqsadi – o‘quv va dala seminarlari asosida davlat-xususiy muloqotlari orqali keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimliklar, suv xo‘jaligi tashkilotlari xodimlari hamda boshqa manfaatdor tomonlarni atrof-muhit muhofazasi, suv resurslari bo‘yicha muammolar, ularning yechimlari, suv tejamkor texnologiyalar, qishloq xo‘jaligida qayta tiklanuvchi (yashil) energiyadan foydalanish va boshqa mavzularga oid bilimlarini oshirishdan iborat.
Seminar-treninglar Andijon, Jizzax, Namangan, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida o‘tkaziladi.
Seminar-treninglarni o‘tkazish uchun mahalliy trenerlarni ushbu grantni bajarishda ishtirok etishga taklif etamiz. Trenerlar tanlov asosida ishga qabul qilinadi. Tanlovda suv va energoresurslar hamda ularni tejash, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lgan, loyiha amalga oshirilayotgan viloyatlarda yashovchi mutaxassislar qatnashishlari mumkin. Grantni bajarish muddati 1 yil (yanvar-dekabr 2025-yil).
Tanlovga 50 yoshdan oshmagan, oliy ma’lumotli, o‘zbek tilini mukammal egallagan mutaxassislar taklif qilinadi. Ingliz va rus tillarini bilgan mutaxassislar ustunlikka ega bo‘ladilar.
Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlarning elektron varianti taqdim qilinishi lozim: pasport yoki (ID) shaxs guvohnomasi, maxsus shakldagi ma’lumotnoma (yoki CV). Hujjatlar 2025-yil 27-fevral soat 16:00 ga qadar qabul qilinadi.
Hujjatlar ikramov-1978@mail.ru elektron pochtasi (Nazirjov Ikromov) orqali qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun telefon: +99897 700-47-78.