TEXNIKALAR IRRIGATORLARNING OG‘IRINI YENGILLASHTIRMOQDA
2025-01-09 17:00:00 / Yangiliklar
– O‘tgan yil suvchilarimiz uchun omadli keldi, – deydi DM direktori J.Bo‘riyev. – Iste’molchilar ekin maydonlariga yetkazib berilgan suv haqini undirish evaziga to‘plangan mablag‘ga betonqorg‘ich texnikasi xarid qilgan bo‘lsak, muassasamiz moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun ajratilgan ekskavator irrigatorlarimizning ishini har tomonlama yengillashtirayapti. Ayniqsa, kanal va boshqa sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirishda texnikalarning ahamiyati yaqqol bilinayapti.
Muassasa ishchi-xodimlari qo‘l kuchida kuniga 400 metr beton qoplama yotqizgan bo‘lsalar, hozir ish unumi ortmoqda. DM balansidagi R-1b kanalining 3 kilometr uzunlikdagi qismini uzog‘i bilan bir hafta orasida betonlashni yakuniga yetkazish uchun texnika va ishchi kuchidan samarali foydalanilayapti.
Amu-Surxon ITHB matbuot xizmati