QOROVULBOZOR TUMANIDAGI XO‘JALIKLARARO ICHKI SUG‘ORISH TARMOQLARI TA’MIRLANMOQDA
2025-01-09 11:10:00 / Yangiliklar
Sahro bag‘rida joylashgan Qorovulbozor tumani o‘ziga xos tuproq-iqlim sharoitiga ega. Bu yerda dehqonchilik qilib, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishning o‘ziga yarasha mashaqqatlari bor. Bu jarayonda suv ta’minotining talab darajasida bo‘lishi g‘oyat muhim rol o‘ynaydi. Shu bois tumandagi suv inshootlari hamda xo‘jaliklararo ichki sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tumanda jami 486 kilometr uzunlikdagi ichki sug‘orish tarmoqlari mavjud bo‘lib, shu kunga qadar uning 10 kilometr uzunlikdagi qismi betonlashtirildi. Umumiy hisobda xo‘jaliklararo beton qoplamali kanallar 66,1 kilometrni tashkil etmoqda.
Bundan tashqari tumanda 517 kilometr uzunlikdagi zovurlar mavjud bo‘lib, ularning 41 kilmetr qismi texnikalar yordamida tozalandi.
Bu kabi amaliy ishlar tumanda kelgusi yilda sifatli va mo‘l hosil yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Amu-Buxoro ITHB matbuot xizmati