2025 YIL – “NASOSLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH YILI”
2024-12-27 11:25:00 / Yangiliklar
Oxirgi yillarda 1 mlrd. dollar hisobiga Qarshi, Amu-Buxoro, Amu-Zang kabi yirik nasos stansiyalari modernizatsiya qilindi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida elektr energiyasining yillik sarfini 1,5 mlrd. kVt. soatga kamaytirishga erishildi. YA’ni, 2017-yilda elektr energiyasi sarfi 8,3 mlrd. kVt. soatni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilda 6,8 mlrd kVt. soatga tushdi.
2024-yilda 156 ta nasos, 154 ta elektrodvigatel yangilandi. 2 388 ta yorug‘likdiod lampa, 109 ta quyosh batareyalari va suv isitish qurilmalari, 85 ta chastota o‘zgartiruvchi qurilma, 102 ta kondensator qurilmasi o‘rnatildi.
2024-yilda 7,1 mlrd. kVt. soat elektr energiyasi ajratilgan bo‘lib, limitga nisbatan 350 mln kVt/soat elektr energiyasi iqtisod qilindi.
2025-yilda 156 ta nasos, 149 ta elektrodvigatel yangilanadi. 997 ta yorug‘likdiod lampa, 90 ta quyosh batareyalari va suv isitish qurilmalari, 118 ta chastota o‘zgartiruvchi qurilma, 64 ta kondensator qurilmasi o‘rnatiladi.
Yil yakunigacha 100 mln. kVt/soat elektr energiyasini iqtisod qilish ko‘zda tutilgan.
Axborot xizmati