XITOY DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV
2024-12-12 18:20:00 / Yangiliklar
Delegatsiya tarkibi ushbu mamlakatning yuqori darajadagi eng yaxshi yettita kompaniyalari vakillaridan iborat. Ular suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirishda Xitoyning oxirgi yigirma yilda erishgan yutuqlari va to‘plagan tajribalaridan foydalanish, suv xo‘jaligi ob’ektlarini masofadan boshqarish va suvning hisobini yuritishda sun’iy yo‘ldosh, sun’iy intellekt va boshqa zamonaviy usullarni qo‘llash bo‘yicha takliflarni bildirishdi.
Uchrashuvda Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev Xitoy bilan suv xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik yildan yilga mustahkamlanib borayotganligini e’tirof etdi. Vazirlik huzurida tashkil etilayotgan Suv xo‘jaligini raqamlashtirish markazi uchun Xitoy tajribasi qo‘l kelishini ta’kidladi.
Hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish uchun ishchi guruh tuzish, “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Axborot xizmati