KOREYA QISHLOQ BIRLASHMASI KORPORATSIYASI BILAN ANGLASHUV MEOMORANDUMI IMZOLANDI
2024-11-27 14:55:00 / Yangiliklar
Vazir mehmonlarni tashrifi bilan samimiy qutlab, mamlakatlarimiz o‘rtasida suv xo‘jaligi sohasida loyihalar samarali amalga oshirilayotganligini ta’kidladi. Jumladan, yirik suv xo‘jaligi obyektlariga “Aqlli suv” qurilmalari o‘rnatilganligi, suv resurslarini onlayn monitoring qilish, boshqarish va taqsimlash samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Endilikda Koreya qishloq birlashmasi korporatsiyasi (KRC) bilan hamkorlikda Koreyaning Taraqqiyotga rasmiy yordam (ODA) dasturi doirasida “O‘zbekistonda suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish” pilot loyihasini amalga oshirishga kirishilmoqda.
Mazkur loyiha Sirdaryo viloyatida tatbiq etilib, suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlash, sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish, suvni intergatsiyalashgan holda boshqarish va raqamlashtirish bilan bog‘liq tizimli tadbirlar amalga oshiriladi.
Loyihaning umumiy qiymati 8 mln. AQSH dollarini tashkil etib, to‘rt yil mobaynida amalga oshiriladi. Loyiha doirasida vazirlik huzurida ilmiy-tadqiqot markazi, “Situatsion markaz”, qo‘shma korxona tashkil etish hamda turli seminar-treninglar, xalqaro tadbirlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Uchrashuv so‘nggida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va Koreya qishloq birlashmasi korporatsiyasi (KRC) o‘rtasida loyiha yuzasidan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Axborot xizmati