BARQAROR SUV RESURSLARI: INNOVATSIYALAR VA TEXNOLOGIYALAR
2024-11-18 17:55:00 / Yangiliklar
Unda Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari T.Butunbayev so‘zga chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan respublikamiz suv xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qo‘shni respublikalar bilan munosabatlar yaxshilanib, transchegaraviy daryolar suvlaridan foydalanish samaradorligi ortayotgani, kanallarni betonlash, suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan maydonlar qamrovini kengaytirish, sohani raqamlashtirish yo‘nalishidagi ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Tadbirda Xalqaro suv resurslari instituti mintaqaviy direktori Barbara Yanush Pavletta, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Serik Bekmaganbetov, Markaziy Osiyo Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasining Ilmiy-axborot markazi direktori Dinara Ziganshina va Xalqaro Orolni qutqarish jamg‘armasi GEF agentligi rahbari V.Sokolov, Qirg‘iz Respublikasi Suv resurslari xizmati direktori o‘rinbosari Ulukbek Bayaliyev va boshqalar so‘zga chiqdi.
Axborot xizmati