Asosiy kontentga o'tish

SUV XO‘JALIGI VAZIRI BALIQCHI TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZDI

2024-10-03 17:10:00 / Yangiliklar

Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev sohadagi muammolarni joyiga borib o‘rganish, suv iste’molchilarining murojaatlarini tinglash maqsadida 2024-yil 3-oktabr kuni Andijon viloyati Baliqchi tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi.

“Chinobodsoy” gidrouchastkasida bo‘lib o‘tgan tadbirda viloyat suv xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari, Baliqchi tumani hokimi J.Abduraimov, Ulug‘nor tumani hokimi M.Axmadjonov, tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbar va xodimlari, fermerlar va klaster rahbarlari hamda tomorqachilar ishtirok etdi.

Sayyor qabulda ichki nasoslardan foydalanishda suv va elektr energiyasini tejash, ariqlarni betonlash va zovurlarni tozalash, tomchilatib sug‘orish tizimini jorish etishda yuzaga kelayotgan muammolar yechimi muhokama qilindi.

Norin-Qoradaryo ITHB boshlig‘i v.b. S.Qurbonov va tegishli ma’sullarga o‘rganilishi vaqt talab qiladigan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni nazoratga olib, amaliy choralar ko‘rish yuzasidan topshiriqlar berildi.

 

Norin-Qoradaryo ITHB matbuot xizmati

165

Oxirgi yangilanish: 2024-10-04 09:00:35