KAMCHILIKLAR TAHLIL QILINIB, GALDAGI VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
2024-07-31 16:18:00 / Yangiliklar
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda suv tizimi tashkilotlari va «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasalariga ishga qabul qilingan ayrim xodimlarning mutaxassislagi malaka talabiga mos kelmaydi. Shu bois, ularning tajriba va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida dual ta’lim tizimi asosida xodimlarni Suv xo‘jaligi va melioratsiya kollejlarida o‘qitish imkoniyatlaridan foydalanish lozim.
Shuningdek, yig‘ilishda davlat muassasalari tomonidan yetkazib berilayotgan suv resurslarining hisobini yuritish, to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida tuzilgan shartnomalarga xududiy adliya bo‘limlaridan huquqiy xulosa olish kabi masalalarda ham yetarli darajada sustkashlik va o‘zibo‘larchilikka yo‘l qo‘yilayotgani tanqid qilindi.
Bundan tashqari, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, ulardan samarali foydalanish, buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar o‘rtasidagi shartnoma shartlarining bajarilishi, resurstejamkor texnologiyalarni o‘rnatgan fermer хo‘jaliklariga tegishli tartibda subsidiyalarni ajratish borasida Olot, Qorvulbozor, G‘ijduvon, Peshku hamda boshqa tumanlarda yechimini kutayotgan muammolar borligi qayd etildi.
Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning axborti tingladi va mavjud kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Amu-Buxoro ITHB matbuot xizmati