E'LON
2024-05-14 11:00:00 / Majlislar
Potensial davlat sherigi – O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hamda vakolatli davlat organi – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga quyidagi shartlarga muvofiq ushbu davlat-xususiy sheriklik loyihalarida qatnashuvchi (yuridik shaxs) talabgorlar murojaat qilishi mumkin.
DXSh loyihasiga qiziqish bildirish uchun so‘rov formasi
DXSh loyihasining konsepsiyasi
Tenderda qatnashish shartlari:
– talabgorlar (yuridik shaxs) qishloq va suv xo‘jaligi sohasida yetarli darajada malaka tajribaga ega bo‘lishi;
– talabgorlar (yuridik shaxs) moddiy va malaka jihatdan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
– talabgorlar (yuridik shaxs) so‘rov formasi va takliflarini
2024-yil 28-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha topshirishlari kerak.
Murojaat uchun manzil:
Suv xo‘jaligi vazirligi, 100187, Toshkent shahri, Qorasuv massivi-4, 11-uy. Tel.: (71) 202-47-61; e-mail: dxsh@minwater.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, 100017, Toshkent shahri, Istiqlol ko‘chasi 29-uy. Tel.: +998(71)203-50-50 (01924); e-mail: ppp@imv.uz