KOREYA XALQARO HAMKORLIK AGENTLIGI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
2024-04-23 16:30:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 23-aprel kuni vazirlikning Axborot-tahlil va resurs markazida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda 2016–2020-yillarda agentlikning grant mablag‘lari doirasida amalga oshirilgan “O‘zbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida suv resurslarini integrallashgan holda boshqarish master-rejasi va pilot loyihasi”ni davom ettirish maqsadida yangi kichik loyihani amalga oshirish muhokama qilindi.
Shuningdek, kichik loyiha doirasida 61 ta suv xo‘jaligi ob’ektlarida o‘rnatilgan real vaqt rejimida suv hisobini yurituvchi “Aqlli suv” qurilmalarining texnik holatini yaxshilash, ularni zahira butlovchi qismlari bilan ta’minlash hamda server va monitoring tizimlarini takomillashtirish ishlarini amalga oshirishga kelishildi.
Axborot xizmati