Umumiy ma'lumot
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi (keyinchalik matnda vazirlik) sog'liqni saqlash bo'yicha Markaziy davlat boshqaruvi hisoblanib, o'z faoliyati bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo'ysunadi. Vazirlik faoliyatini boshqa davlat idoralari, jumladan davlat muassasalari, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining ijro etuvchi hokimiyat idoralari, shuningdek boshqa jamoatchilik tashkilotlari bilan birga olib boradi.
Vazirlik faoliyati O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa rasmiy hujjatlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining buyruq va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va buyruqlari, shuningdek boshqa qonuniy hujjatlar, O'zbekiston Respublikasi bilan sog'liqni saqlash bo'yicha tuzilgan xalqaro shartnomalar, shuningdek ushbu Nizom asosida yuritiladi.
Vazirlik vakolati doirasida chiqarilgan me'yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosi davlat idoralari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va umuman O'zbekiston Respublikasida joylashgan mulkchilik shaklidan qa'tiy nazar barcha jamoatchilik birlashmalari va jismoniy shaxslar uchun majburiydir. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, viloyat va Toshkent shahrida sog'liqni saqlash bo'yicha faoliyat olib borayotgan idoralar, ularning shahar va tumanlardagi bo'limlari respublikada yagona sog'liqni saqlash boshqaruv idorasi tizimini tashkil etadi.
Vazirlik yuridik shaxs bo'lib, o'ziga tegishli mulkni, kirim – chiqim harajatlarini, bankdagi hisob –kitoblarni boshqarish va o'z nomi, shuningdek O'zbekiston Respublikasi gerbining tasviri tushirilgan muhrga egalik qilish huquqiga ega.