O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi (25.10.2024-y., O‘RQ–982-son) Qonun mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan ANNOTATSIYA
2024-11-15 10:50:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.
Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi – ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi bo‘lib, iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga rahbarlik qilishni, Konstitutsiya va qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
- Vazirlar Mahkamasi O‘zbekistonda ijro etuvchi hokimiyatning yagona tizimiga rahbarlik qiladigan kollegial organdir.
- Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida Oliy Majlis va Prezident oldida javobgardir.
- Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimiga vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar kiradi.
Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Hukumatining a’zolari – Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va vazirlardan iboratdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.
- Qonunning 12-moddasi to‘qqizinchi xatboshiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda sport infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish vakolatlari belgilanmoqda.
Asos: O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–982-son Qonuni, 25.10.2024-y.