audio

    0+
    Osiyo-Okeaniya chempionatini 19 ta medal bilan yakunladik

    Makao shahrida sambo boʻyicha kattalar oʻrtasida Osiyo-Okeaniya chempionati oʻz yakuniga yetdi. Musobaqada 21 mamlakatdan 300 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. Bellashuvlar Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Vakillarimiz chempionat yakuniga koʻra 8 ta oltin, 1 ta kumush va 10 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi. Terma jamoamiz safida sovrindorlar roʻyxati: Sambo: Oltin: -58 kg: Ilhom Parmonov, -64 kg: Sardor Olimjonov, -71 kg: Ubaydullo Moʻminov, +80 kg: Feruza Xoʻrozova; Kumush: -98 kg: Neʼmat Yoqubov; Bronza: +98 kg: Nurbek Toʻrayev, -54 kg: Gulsevar Oʻroqova, -59 kg: Mushtariy Jarkova, -65 kg: Muxlisaxon Qodirberganova; Jangovar sambo: Oltin: -88 kg: Sohibjon Hasanboyev, -98 kg: Ozodbek Murotov, +98 kg: Ziyod Hakimboyev, -54 kg: Gulsevar Oʻroqova , Bronza: -59 kg: Shahzoda Azatova, -65 kg: Feruza Boboqulova, -72 kg: Madina Salohiddinova, -80 kg: Mavluda Abdullayeva, +80 kg: Feruza Xoʻrozova, -64 kg: Islomjon Olimjonov; Murabbiylar: Roman Shakirov, Yekaterina Bliznetsova Hamyurtlarimiz Islom Adilov, Ulugʻbek Rahmonov, Rustam Adilov va Murodxon Toʻrayev bahslarda hakam sifatida ishtirok etishdi. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi ushbu muvaffaqiyatli ishtirok bilan sportchi va murabbiylarimizni, ularning yaqinlarini muborakbod etadi.

    • view_icon 93
    : 2024-07-01 09:55:00