Umumiy ma'lumot
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi (keyingi o'rinlarda qo'mita deb ataladi) soliq to'g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini va davlatning iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash sohasidagi nazorat bo'yicha respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Qo'mita O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo'ysunadi.
Qo'mita o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Soliq xizmati organlari tomonidan o'z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, soliq to'lovchilar, shu jumladan yuridik va jismoniy shaxslarning ijro etishi uchun majburiy hisoblanadi.
Qo'mita, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) soliq inspeksiyalari (keyingi o'rinlarda soliq xizmatining hududiy organlari deb ataladi), Yirik soliq to'lovchilar bo'yicha hududlararo soliq inspeksiyasi (keyingi o'rinlarda hududlararo inspeksiya deb ataladi), shuningdek, qo'mita tizimiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda o'z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g'aznachiligida shaxsiy g'azna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan chet el valyutasidagi hisobraqamlariga ega.
Soliq hizmati organlari o'z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil ravishda amalga oshiradilar.
Qo'mitaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to'liq nomi - O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi;
qisqartmasi - Soliq qo'mitasi;
b) rus tilida:
to'liq nomi - Налоговый комитет Республики Узбекистан;
qisqartmasi - Налоговый комитет.
c) ingliz tilida:
to'liq nomi — Tax Committee of the Republic of Uzbekistan;
qisqartmasi — Tax Committee.
Asosiy vazifalari va funktsiyalari
1. Quyidagilar qo'mitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- davlat soliq siyosatini amalga oshirish hamda soliw to'g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning to'g’ri hisoblab chiqarilishi, to'liq va o'z vaqtida to'lanishi yuzasidan nazoratni ta'minlash;
- O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti (keyingi o'rinlarda Davlat byudjeti deb ataladi) va davlat maqsadli jamg’armalariga soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning soliq to'g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq o'z vaqtida va bir hildagi tushumini ta'minlash hisobiga Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalarining daromad qismini barqaror shakllantirish;
- soliq to'lovchilar va soliq solish ob'ektlarining o'z vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta'minlash, ularning to'liq qamrab olinish mehanizmlarini soliq ma'muriyatchiligi jarayoniga ma'lumotlarni to’liq yig’ish va qayta ishlashni ta'minlaydigan zamonaviy ahborot-kommunikaciya tehnologiyalari va ilg’or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish orqali takomillashtirish;
- soliq solinadigan bazani kengaytirish bo'yicha tahlil qilish va ta'sirchan choralar ishlab chiqish, shu jumladan makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali ta'sirchan choralar ishlab chiqish, soliqlar yig’ilishini oshirish bo'yicha choralarni amalga oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish;
- pul mablag’larining g’ayriqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shahslar tomonidan naqd pul tushumining to’liq va o'z vaqtida topshirilishi yuzasidan muntazam nazoratni ta'minlash;
- bozorlar va savdo komplekslarining moliya-ho'jalik faoliyati, ular tomonidan soliq to'g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish hamda ularning hududida aniqlangan huquqbuzarliklar bo'yicha tergovga qadar tekshiruv o'tkazib, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga ko'ra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish;
- soliq to'lovchilar o'z soliq majburiyatlarini ihtiyoriy bajarishi uchun maqbul shart-sharoitlar yaratish, har bir hodim tomonidan "Soliq hizmati -insofli soliq to'lovchilarning ishonchli hamkori" degan maqsadli vazifani so'zsiz bajarish;
- soliq to'lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish bo'yicha ishlarni amalga oshirish, soliqqa oid huquqbuzarliklarning profilaktikasi, ularni aniqlash va bartaraf etish bo'yicha kompleks tadbirlarni bajarish;
- soliq to'lovchilarga muloqotsiz elektron hizmat ko'rsatishga to’liq o'tish yo'li orqali soliq to'lovchilar bilan ishlashni takomillashtirish;
- qonun hujjatlarini takomillashtirish va soliq to'lovchilarning faoliyatini rag'batlantirish bo'yicha takliflar kiritish;
- kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish, davlat soliq hizmati organlarini yuksak ma'naviy-ahloqiy sifatlarga ega bo'lgan malakali hodimlar bilan to'ldirish, shuningdek, kadrlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash bo'yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
- davlat soliq hizmati organlari hodimlariga korporativ etikani singdirish, korrupsiya faktlariga keskin barham berish bo'yicha ta'sirchan choralarni, shu jumladan hodimlar manfaatlarining to'qnashuvini hal qilish yo'li bilan amalga oshirish, ishga rasmiyatchilik bilan yondashishga barham berish, shuningdek, hodimlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini ta'minlash, o'z hizmat faoliyati samaradorligini oshirish motivaciyasi tizimini joriy etish va ular uchun hizmatni o'tashning munosib shart-sharoitlarini yaratish.
- Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha davlat soliq hizmati organlariga biriktirilgan sektorlarda soliq solish sohasidagi tizimli muammolarni o'rganish va aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo'yicha takliflar ishlab chiqish.
2. Qo'mita o'ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
а) davlat soliq siyosatini amalga oshirish hamda soliq to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning to'gri hisoblab chiqarilishi, to’liq va o'z vaqtida to'lanishi yuzasidan soliq nazoratini ta'minlash sohasida:
- soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalariga tushishi prognozini ishlab chiqishda qatnashadi;
- soliq to'lovchilar faoliyatining soliq tekshiruvlarini, shuningdek, soliq to'lovchilar tomonidan fuqarolarning shahsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamg’arib boriladigan pensiya badallarining to'g’ri hisoblab chiqarilishi, to’liq va o'z vaqtida kiritilishi tekshiruvlarini belgilangan tartibda o'tkazadi;
- davlat soliq hizmati organlari tomonidan ho'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatini soliq tekshiruvi o'tkazilishida qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi; yuridik va jismoniy shahslar tomonidan valyuta eksport-import operasiyalarini amalga oshirishda qonun hujjatlariga rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat qiladi;
- soliq to'lovchilardan yoki ularning mansabdor shahslaridan tushuntirishlar oladi, soliq to'lovchining mol-mulki mavjudligini tekshiradi, shuningdek, hududlarni, ishlab chiqarish, omborhona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan soliq to'lovchilar tomonidan daromadlar olish uchun foydalaniladigan yohud soliq solish ob'ektini saqlash bilan bog’liq joylarni ko'zdan kechiradi yoki tekshiradi;
- ho'jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan pul mablag’lari va moddiy boyliklarning buhgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini, korhonalar hududiga moddiy boyliklarni olib kirish va u erdan olib chiqishda korhonalarda ruhsat berish tizimi ishlarining tashkil etilishi holatini tekshiradi;
- soliq to'lovchining moliya-ho'jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) jarayonida hisobotdagi ma'lumotlarning ishonchliligi va to'g’riligini aniqlash, davlat soliq hizmati organlariga taqdim etilgan moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarida faktlarning buzib ko'rsatilishini aniqlash va ularni bartaraf etish uchun buhgalteriya hisoblarini va moliyaviy hisobotlarni tekshiradi;
- moliya-ho'jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) davomida hom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va tayyor buyumlarni tortib ko'radi va o'lchaydi, ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarhini va taqdim etilgan soliq hisob-kitoblarining to'g’riligini aniqlash uchun homashyo va materiallar sarfi normalari, ularning mahsulot ishlab chiqarish uchun to'g’ri hisobdan chiqarilishini, tayyor mahsulotning to’liq kirim qilinishini, mahsulot chiqishi normalari hamda moddiy boyliklarni saqlash va tashishda tabiiy yo'qotishlar normalari to'g’ri belgilanishini aniqlash uchun homashyo va materiallarni ishlab chiqarishda nazorat tariqasida ishlatib ko'radi, homashyo, materiallar va tayyor mahsulotlarni nazorat tariqasida tekshiradi;
- yuridik shahslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
- jismoniy va yuridik shahslardan soliq to'g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishi to'g’risida kelib tushgan murojaatlar, habarlar va boshqa ahborotlarni tekshiradi;
- soliq to'g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishi faktlarini tahlil qiladi hamda soliqqa oid huquqbuzarliklarga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli organlarga takliflar kiritadi;
- Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda soliqqa oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashishning uzoq muddatli hamda joriy dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
b) Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalariga soliqlar va bosh?a majburiy to'lovlarning soliq to'g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq o'z vaqtida va bir hildagi tushumini ta'minlash hisobiga Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalarining daromad qismini barqaror shakllantirish sohasida:
- soliq to'lovchilarning majburiyatlari paydo bo'lishi (to'htatilishi) to'g’risida axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlik qiladi;
- belgilangan tartibda soliq to'lovchilar tomonidan taqdim etilgan moliya va soliq hisobotlarini, shuningdek, soliq to'lovchilarning faoliyati to'g’risida soliq organlarining yagona integrasiyalashtirilgan axborot resurs bazasida yig’ilgan boshqa hujjatlarni o'rganish va tahlil qilish asosida kameral nazoratni amalga oshiradi;
- o'zaro tuzilgan kelishuv asosida soliq monitoringida ishtirok etayotgan soliq to'lovchi tomonidan soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning to'g’ri hisoblanishi, to’liq va o'z vaqtida to'lanishi soliq monitoringini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi;
- davlat daromadiga o'tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan pul mablag’larining davlat daromadiga to’liq va o'z vaqtida tushishi nazoratini, shuningdek, davlat organlariga berilgan mol-mulkning hisobga olinishini ta'minlaydi;
- soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning tushumini ta'minlash, shu jumladan respublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirishning qo'shimcha zahiralarini aniqlash bo'yicha moliya organlari, manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qiladi;
c) soliq to'lovchilar va soliq solish ob'ektlarining o'z vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta'minlash, ularning to’liq qamrab olinish mehanizmlarini soliq ma'muriyatchiligi jarayoniga ma'lumotlarni to’liq yig’ish va qayta ishlashni ta'minlaydigan zamonaviy ahborot-kommunikaciya tehnologiyalari va ilg’or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish orqali takomillashtirish sohasida:
- soliq to'lovchilar, soliq solinadigan baza, shuningdek, soliq solish ob'ektlari va soliq solish bilan bog’liq bo'lgan ob'ektlarning to’liq, o'z vaqtida va ishonchli hisobga olinishini ta'minlaydi;
- yuridik va jismoniy shahslarga, ularni soliq to'lovchining identifikaciya raqamlari berilgan holda soliq to'lovchilar sifatida hisobga qo'yish to’g’risida hujjatlar berilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil qiladi;
- O'zbekiston Respublikasi soliq to'lovchilarining yagona reestrini shakllantiradi va yuritadi; soliq organlarining yagona integraciyalashtirilgan ahborot resurs bazasida soliq to'lovchilar bo'yicha soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning hisoblab chiqilishi va amaldagi tushumlari hisobini yuritadi;
- soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha imtiyozlar hisobini yuritadi;
- banklar tomonidan tegishli ahborot taqdim etilishiga ko'ra bank hisobvaraqlari bo'yicha olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik faoliyati bo'yicha - uch oy mobaynida) pul operasiyalarini amalga oshirgan holda moliya-ho'jalik faoliyatini yuritmayotgan korhonalarni aniqlaydi;
- tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shahslarning davlat soliq hizmati organlarida hisobga turishdan bo'yin tovlash mehanizmlarini o'rganadi, aniqlaydi va bartaraf etadi;
- axborot havfsizligi ta'minlanishini hisobga olgan holda, barcha soliq to'lovchilar va soliq tushumlari bo'yicha soliq organlarining yagona integrasiyalashtirilgan axborot resurs bazasini yaratadi;
- soliq axborotlarini wabul qilib olish, qayta ishlash, uzatish va saqlash jarayonlarini avtomatlashtirish choralarini ko'radi;
- davlat soliq hizmati organlarida, axborot havfsizligini ta'minlashni hisobga olgan holda, yagona axborot, dasturiy-tehnik va telekommunikasiya tizimi joriy etilishini tashkil qiladi;
- soliq ma'murchiligi jarayonida davlat soliq hizmati organlari ishiga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etadi hamda harajatlarni maqbullashtirish va resurs ta'minotini rivojlantirish uchun ularni texnologik jarayonlarni yuritishning zamonaviy tizimlari va boshqarishning tezkor vositalari bilan jihozlaydi;
d) soliq solinadigan bazani kengaytirish bo'yicha tahlil qilish va ta'sirchan choralar ishlab chiqish, shu jumladan makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali ta'sirchan choralar ishlab chiqish, soliqlar yiqilishini oshirish bo'yicha choralarni amalga oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish sohasida:
- soliq to'lovchilarni "havf-hatar" guruhi bo'yicha segmentlashni amalga oshiradi;
- soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lashdan bo'yin tovlash faktlarini aniqlaydi va tegishli choralar ko'radi;
- soliq nazoratini amalga oshirishda zamonaviy usullarni qo'llaydi;
- qo'mitaning texnik bazasini modernizasiya qilish, mustahkamlash va yangilash bilan tashqi va ichki manbalardan kelib tushadigan ma'lumotlarni tahlil qilishning ilg’or avtomatlashtirilgan usullarini joriy etadi;
- makroiqtisodiy ko'rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali soliq solinadigan bazani kengaytirish bo'yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
- O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalariga soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha soliq qarzini undirishni belgilaydigan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning tashkillashtirilishini va qo'llanishini ta'minlaydi;
- xo'jalik yurituvchi sub'ektlar hodimlarining hisobotdagi va haqiqiy soni muvofiqligi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi;
- xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatida belgilangan tartibda xronometraj ko'zdan kechirish o'tkazadi;
- soliq solinadigan bazaga tuzatishlar kiritish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko'zdan kechirish hamda so'rov o'tkazishni amalga oshiradi;
- ishlab chiqarish va daromadlar miqdorlarini yashirish, sotilgan mahsulotlar, ishlar va hizmatlar hajmlarini kamaytirib ko'rsatish mehanizmlarini o'rganish va aniqlashni tashkillashtiradi va amalga oshiradi, ko'rsatib o'tilgan mehanizmlarning qo'llanishini bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
- soliq ma'muriyatchiligi islohoti va rivojlanish strategiyasini ishlab chiqadi va uning ijrosi monitoringini amalga oshiradi.
e) pul mablag’larining g’ayriqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shahslar tomonidan naqd pul tushumining to’liq va o'z vaqtida topshirilishi yuzasidan muntazam nazoratni ta'minlash sohasida:
- savdo va hizmatlar ko'rsatishni tashkil etishning qonun hujjatlariga muvofiqligi, shu jumladan nazorat-kassa mashinalarini, plastik kartochkalardan to'lovlarni qabul qilib olish bo'yicha hisob-kitob terminallarini qo’lash, alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotish hamda markirovka qilish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
- naqd pul mablag’lari muomalada bo'lishining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda naqd pul aylanmasiga ega bo'lgan yuridik va jismoniy shahslar tomonidan huquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini tashkil qiladi va amalga oshiradi;
- tadbirkorlik sub'ektlarida, shuningdek, bozorlar va savdo komplekslarida, bir martalik yig’imlar, bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida ko'rsatilgan hizmatlar uchun ijara to'lovlarining o'z vaqtida va to’liq undirilishi, savdo va hizmat ko'rsatish qoidalari bajarilishi, naqd pul mablag’lari yoki plastik kartochkalar bo'yicha to'lov shakliga qarab narxlarning sun'iy ravishda oshirilishi yoki pasaytirilishi, nazorat-kassa mashinalarining, to'lov terminallarining qo’lanilishi, shuningdek, belgilangan tartibda talon va cheklarning berilishi, naqd pul tushumining o'z vaqtida va to’liq hajmda inkassasiya qilinishi masalalari bo'yicha belgilangan tartibda qisqa muddatli tekshirishlarni amalga oshiradi;
f) bozorlar va savdo komplekslarining moliya-ho'jalik faoliyati, ular tomonidan soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish hamda ularning hududida aniqlangan huquqbuzarliklar bo'yicha tergovga qadar tekshiruv o'tkazib, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga ko'ra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish sohasida:
- bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo'lgan avtomobillarni vaqtinchalik saqlash joylarida moliyaviy-iqtisodiy hamda soliq sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarni aniqlaydi, oldini oladi va bartaraf etadi;
- bozorlar va savdo komplekslari hududlarida sifatsiz, qalbakilashtirilgan (yasama) yoki noqonuniy olib kirilgan tovarlarni tayyorlash va sotishga qarshi kurashadi;
- bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash bo'lgan avtomobil vositalarining to'xtash joylari, shuningdek, ular hududida faoliyat ko'rsatayotgan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatidan olingan pul oqimlari harakati monitoringini va mablag’lar tushumi hisobining to’liqligini ta'minlaydi;
- bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash bo'lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek, ularning hududida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub'ektlari pul mablag’lari tushumlari va tovar aylanmasi to’g’risida davlat soliq hizmati organlariga tushadigan ma'lumotlarning ishonchliligini tekshirish uchun banklar hamda statistika organlari bilan o'zaro hamkorlik qiladi;
- bozorlar, savdo komplekslari hududlarida, ularga tutash bo'lgan avtomobilь vositalarining to'xtash joylarida moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalarida huquqni buzish sodir etilishi holatlari bo'yicha tergovga qadar tekshiruvlarni tashkil etadi va olib boradi, jinoiy ishlar qo'zg’aydi, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga ko'ra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga beradi;
- soliqqa oid huquqbuzarliklar natijasida davlatga, yuridik va jismoniy shahslarga etkazilgan zararning belgilangan tartibda undirilishini ta'minlash choralarini ko'radi;
g) soliq to'lovchilar o'z soliq majburiyatlarini ihtiyoriy bajarishi uchun maqbul shart-sharoitlar yaratish, har bir hodim tomonidan "Soliq hizmati - insofli soliq to'lovchilarning ishonchli hamkori" degan maqsadli vazifani so'zsiz bajarish sohasida:
- soliq to'lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda har tomonlama ko'maklashadi;
- soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning o'z vaqtida va to’liq to'lanishini ta'minlash uchun soliq to'lovchilarga xizmat ko'rsatish sifatini oshirish bo'yicha choralarni amalga oshiradi;
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ayrim turdagi soliqlarni hisoblash tarzida soliq to'lovchilarga servis hizmatlari ko'rsatadi;
- yuridik va jismoniy shahslarning soliq sohasidagi huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlari himoyalanishini ta'minlaydi;
- davlat soliq hizmati organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlaydi;
- soliq to'lovchi to’g’risidagi ma'lumotlarning qonun hujjatlariga muvofiq sir tutilishiga rioya etish ishlarini tashkil qiladi;
h) soliq to'lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish bo'yicha ishlarni amalga oshirish, soliqqa oid huquqbuzarliklarning profilaktikasi, ularni aniqlash va bartaraf etish bo'yicha kompleks tadbirlarni bajarish so?asida:
- soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlarni soliq to'lovchilarga va aholiga o'z vaqtida tanishtirish va etkazish ishlarini tashkil etadi;
- soliq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati to’g’risida joylarda va ommaviy ahborot vositalari orqali keng tushuntirish ishlarini olib boradi;
- soliqqa doir qonun hujjatlarini nashr etish, ko'paytirish va davlat soliq hizmatining hududiy organlariga etkazish, maslahat hizmatlari ko'rsatish, soliq to'lovchilarni soliqlarni to'g’ri va o'z vaqtida hisoblab chiqarishga, soliq hisobotlarini va soliqlar hamda boshqa majburiy to'lovlarni hisoblab chiqish, to'lash bilan bog’liq bo'lgan boshqa hujjatlarni taqdim etishga o'itish uchun servis-markazlar tashkil qiladi;
- soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar to'plamlarini nashr etadi, davlat soliq hizmati organlarini qonun hujjatlari bilan ta'minlash choralarini ko'radi;
- jismoniy va yuridik shahslarning soliq solish va soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilishi masalalari bo'yicha murojaatlarini belgilangan tartibda ko'rib chiqadi;
- soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
- soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan ularning sodir etilishi sabablarini aniqlaydi va bartaraf etadi;
- huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan o'zaro hamkorlik qiladi;
- aksizosti tovarlarini ishlab chiqarishda va aylanmasida huquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etilishini belgilangan tartibda tashkillashtiradi va amalga oshiradi;
- soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir qilgan shahslarni qidirib topish uchun materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga beradi, davlatga etkazilgan zararni belgilangan tartibda undirishni ta'minlash choralarini ko'radi;
- ma'muriy huquqbuzarliklar bo'yicha ishlarni yuritadi;
- soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan jismoniy va yuridik shahslarning hisobini yuritadi, mazkur ma'lumotlarning tahlilini amalga oshiradi;
- soliqqa oid jinoyatlarning sodir etilishi holatlarini aniqlash uchun, surishtiruv, tergov va suddan yashirinib yurgan shahslarni qidirib topish uchun ommaviy-ahborot vositalari imkoniyatlaridan foydalanadi;
i) soliq to'lovchilarga muloqotsiz elektron hizmat ko'rsatishga to’liq o'tish yo'li orqali soliq to'lovchilar bilan ishlashni takomillashtirish sohasida:
- soliq to'lovchilar bilan ishlashda axborot-kommunikasiya tehnologiyalaridan keng foydalanilishini ta'minlaydi;
- soliq to'lovchilarga real vaqt rejimida keng ko'lamli interaktiv xizmatlar ko'rsatilishini tashkil etadi;
- soliq to'lovchilarga soliq to'lovchining shaxsiy kabineti orqali, shu jumladan Yagona interaktiv davlat hizmatlari portali orqali elektron hizmat ko'rsatilishini ta'minlaydi;
- soliq to'lovchilarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ayrim soliqlar bo'yicha hisoblab chiqarilgan soliqlar summasi haqida soliq to'lovchining shahsiy kabineti orqali habardor qiladi;
k) qonun hujjatlarini takomillashtirish va soliq to'lovchilarning faoliyatini rag’batlantirish bo'yicha takliflar kiritish sohasida:
- soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarini, shu jumladan tabiiy resurslardan ehtiyotlab va samarali foydalanishni rag’batlantirishga yo'naltirilgan soliqqa oid qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni birxillashtirish, soliq yukini qisqartirish, yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatini rag’batlantirish, ularga zarur imtiyozlar va preferensiyalar berish bo'yicha takliflar tayyorlashda qatnashadi;
- qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni belgilangan tartibda ko'rib chiqish uchun kiritadi;
- O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq solish masalalari bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
- soliq hisobotlari hamda soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni hisoblab chiqarish, to'lash bilan bog’liq boshqa hujjatlar shakllarini O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
- O'zbekiston Respublikasining horijiy davlatlar bilan ma'lumotlarni almashish va soliq sohasida hamkorlik qilish masalalari bo'yicha halqaro shartnomalari loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi hamda ularning belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta'minlaydi;
l) kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish, davlat soliq hizmati organlarini yuksak ma'naviy-ahloqiy sifatlarga ega bo'lgan malakali hodimlar bilan to'ldirish, shuningdek, kadrlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash bo'yicha tizimli ishlarni amalga oshirish sohasida:
- qo'yilgan talablarga muvofiq davlat soliq hizmati organlariga ma'naviy-ahloqiy jihatdan yuqori malakali hodimlarni tanlash va to'ldirish bo'yicha ishlarni tashkil etadi;
- belgilangan tartibda ta'lim muassasalari tashkil etish yo'li bilan, davlat oliy ta'lim muassasalari imkoniyatlaridan foydalangan holda davlat soliq hizmati organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarining tizimli ravishda tashkil etilishini ta'minlaydi, shuningdek, rivojlangan horijiy mamlakatlarning soliq organlari va o'quv muassasalari bilan tajriba almashishning kengaytirilishini amalga oshiradi;
- davlat soliq hizmati organlari hodimlari lavozimlarining malaka tavsifnomalarini ishlab chiqadi, rag’barlar va mutaxassislarni attestasiyadan o'tkazadi, ularga o'z vakolatlari doirasida maxsus unvonlar beradi;
- tegishli tanlovdan o'tmagan yoki lavozim vazifalarini jiddiy buzganligi uchun ilgari davlat soliq hizmati organlaridan bo'shatilgan shaxslarning ishga qabul qilinishiga yo'l qo'ymaslik yuzasidan nazoratni ta'minlaydi;
- davlat soliq xizmati organlari kadrlarini tayyorlash bo'yicha xizmat ko'rsatishga yo'naltirilgan tizimni joriy etadi, soliq to'lovchilar bilan nizoli vaziyatlar yuzaga kelganda ularga stressga bardoshlilikni singdirish, shuningdek, xodimlarning ahloqiy - psihologik holatini oshirish bo'yicha psihologik treninglarni joriy qiladi;
m) davlat soliq hizmati organlari hodimlariga korporativ etikani singdirish, korrupsiya faktlariga keskin barham berish bo'yicha ta'sirchan choralarni, shu jumladan xodimlar manfaatlarining to'qnashuvini hal qilish yo'li bilan amalga oshirish, ishga rasmiyatchilik bilan yondashishga barham berish, shuningdek, hodimlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini ta'minlash, o'z hizmat faoliyati samaradorligini oshirish motivasiyasi tizimini joriy etish va ular uchun xizmatni o'tashning munosib shart-sharoitlarini yaratish sohasida:
- kadrlarni O'zbekiston Respublikasiga sodihlik, vatanparvarlik, halollik hamda huquqiy davlat g’oyalari va asoslarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash yuzasidan uzluksiz ishlarni amalga oshiradi;
- davlat soliq hizmati organlari hodimlari tomonidan soliq to'lovchilarga nisbatan g’arazli maqsadlarda noqonuniy ta'sir ko'rsatish holatlarini aniqlaydi va ularga barham beradi;
- davlat soliq hizmati organlarida korrupsiya holatlarini aniqlashga, ularning oldini olishga, qarshi kurashishga va bartaraf etishga yo'naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, tashkil etadi va ularni amalga oshirishda qatnashadi;
- davlat soliq hizmati organlarining hodimlari o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
- hizmat vazifalarini bajarayotganda davlat soliq hizmati organlari xodimlarini noqonuniy tajovuzlardan himoya qilishni ta'minlash yuzasidan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
- har ikki yilda ko'pi bilan bir marta davlat soliq hizmatining hududiy organlari hamda hududlararo inspeksiyaning byudjet va ho'jalik faoliyati bo'yicha harajatlar smetalari ijrosi yuzasidan taftishni amalga oshiradi. Juda zarur bo'lganda va moliya-ho'jalik faoliyatida qonun buzilishlariga yo'l qo'yilgan holatlar to’g’risida ishonchli axborot mavjud bo'lgan taqdirda navbatdan tashqari taftishlar o'tkazilishi mumkin;
- davlat soliq hizmatining hududiy organlari hamda hududlararo inspeksiya tomonidan moddiy va pul resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari bajarilishini ta'minlaydi, ho'jasizlik, isrofgarchilik, davlat mablag’larini va byudjetdan tashqari mablag’larni asossiz ravishda sarflash, smeta-shtat intizomini buzish hollariga barham beradi;
- mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida vijdonan hizmat qilayotgan hodimlarni ularning shahsiy qissasidan kelib chiqqan holda rahbatlantirish mexanizmlarini yaratadi.
n) hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha davlat soliq xizmati organlariga biriktirilgan sektorlarda soliq solish sohasidagi tizimli muammolarni o'rganish va aniqlash hamda ularni bartaraf etish buyicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
- soliq solish sohasida ishlarni haqqoniy holatini chuqur va har tomonlama o'rganishni amalga oshiradi;
- birinchi navbatda, uyma-uy yurish, jismoniy va yuridik shahslarning murojaatlarini ko'rib chiqish, aholining turli qatlamlari bilan to'g’ridan-to'g’ri muloqotni tashkil etish orqali to'plangan muammolar va tizimli kamchiliklarni aniqlash bo'yicha ishlarini amalga oshiradi;
- soliq solish sohasidagi muammolarni bartaraf etish bo'yicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
- soliq to'lovchilar o'rtasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun va mohiyatini tushuntirish bo'yicha ishlarni tashkil etadi.
3. Qo'mita markaziy apparati, davlat soliq xizmatining hududiy organlarining funktsiyalari qo'mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar bilan belgilanadi.
Yuqori turuvchi tashkilot
Soliq qo'mitasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo'ysunadi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o'rinbosarlari, vazirlar, davlat qo'mitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumatining boshlig’i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o'z lavozimi bo'yicha kiradi.
Vazirlar Mahkamasi:
- Samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosati yuritilishi, fan, madaniyat, ta'lim, sog’liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo'yicha dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi uchun javobgar bo'ladi;
- Fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
- Davlat va ho'jalik boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi va yo'naltiradi, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi;
- O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlaydi;
- O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma'ruzalar taqdim etadi;
- O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O'zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy normalar doirasida va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O'zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Vazirlar Mahkamasi o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir.
Vazirlar Mahkamasi o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasining 6 may 1993 yildagi «O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi to'g’risida»gi qonuniga muvofiq olib boradi.