Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari belgilandi
2025-03-26 11:10:00 / Qo'mita yangiliklari
Prezidentning “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra:
- 2025-yil 1-maydan o‘z faoliyatini o‘rta yoki yirik biznes toifasigacha yiriklashtirgan tadbirkorlik subyektlariga – 1 yil davomida QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) 7 kun muddatda tezlashtirilgan tartibda amalga oshirilishi;
- Amalda yirik, eksport qiluvchi va «AAA» toifadagi subyektlarga qaytariladi.
- 2025-yil 1-iyuldan:
- 2028-yil 1-yanvarga qadar kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun qo‘shimcha talablar va majburiyatlarni belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga moratoriy eʼlon qilinadi;
- tadbirkorlik subyektlariga yangi tartibga solish vositalarini belgilovchi yoki amaldagilarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirish sanasi 1-yanvar yoki 1-iyul etib belgilanadi;
- 2028-yil 1-yanvarga qadar kichik tadbirkorlik subyektlari birinchi faoliyat yili davomida ilk bor sodir etgan savdo va tadbirkorlik sohalariga oid maʼmuriy huquqbuzarlik uchun maʼmuriy javobgarlikdan ozod etiladi;
- 2025-yil 1-sentabrdan boshlab bir vaqtning o‘zida quyidagi barcha mezonlarga javob beruvchi kichik va o‘rta biznes subyektlarini ixtiyoriy tugatishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadi:
- oxirgi 3 yilda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan jami daromadi 10 mlrd so‘mdan oshmagan;
- byudjet va kreditorlar oldida qarzdorligi mavjud bo‘lmagan hamda muntazam ravishda soliq hisobotlarini taqdim etayotgan;
- “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida xavf darajasi past bo‘lgan.
- 2026-yil 1-yanvardan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlarini qisqartirish;Amaldagi 106 ta faoliyat turi 72 taga qisqartirilmoqda. Asosan YATT shug‘ullanadigan (xonalarni tozalash, mebel yig‘ish, avtomobillarni taʼmirlash, kosmetolog) va sanoat usulida amalga oshiriladigan (pechka va kaminlar yasash, shisha puflash, ko‘zgu tayyorlash, soatsozlik) yo‘nalishlar qisqarmoqda.
Fermer xo‘jaliklarining soliq qarzdorligi bo‘yicha hisoblangan penya hisobidan chiqarish hamda sud va ijro ishlarining ushbu penya undirish bilan bog‘liq qismini tugatish.
