Hokim yordamchilarining vazifalari tahlil qilindi
2025-03-28 11:35:00 / Yangiliklar

Sho‘rchi tumani hokimi Akbarali Ishmurzoyev hamda mas’ul rahbarlar ishtirokida Sho‘rchi tumanidagi 53 ta mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilarining mehnat faoliyati tahlil qilindi.
Mehnat faoliyati davomida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, zimmasidagi vazifalarga mas’uliyatsizlik bilan yondoshgan hokim yordamchilarining o‘z ustida ishlab, samarali mehnat qilishi, vakolatidagi vazifalarni astoydil bajarishi bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, o‘z vaqtida ularning faoliyatini rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratilishida yordam berishlari haqida so‘z yuritildi.



