1-Iyun – Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan Sherobodda bayram tadbiri! 🌈
2025-06-01 08:05:00 / Yangiliklar
1-Iyun – Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan Sherobodda bayram tadbiri! 🌈
Bugun, 1-iyun – Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan Sherobod tumani “Mushtariy” nomli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida tarbiyalanuvchi bolajonlar o‘zlarining ijodiy chiqishlari — kuy-qo‘shiqlari va she’rlari bilan ishtirok etib, yig‘ilganlarga quvonch va iliq kayfiyat ulashishdi. Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda, mehr va quvonchga boy tarzda o‘tdi.
Ushbu tadbir bolajonlarga unutilmas xotiralar ulashdi va ularning yuzida kulgu, qalblarida esa baxt nurini porladi. 🌟






