Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Tadbirkorlar Maslahat Jamoatchilik Kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.
2025-03-13 18:25:00 / Yangiliklar

Dastlab viloyat rahbari “Siyob Group” korxonalar guruhining sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.
Ma’lumotlarga ko’ra, ushbu korxonada 80 turdan ortiq sut va sut mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Korxona mahsulotlari dunyoning 10 dan ortiq davlatiga eksport qilinmoqda. Korxona bilan tanishuvdan so’ng, Tadbirkorlar Maslahat Jamoatchilik Kengashining navbatdagi yig’ilishi boshlandi.
Unda shakar ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish, Toyloq tumanining investitsion takliflari, startab va ijtimoiy loyihalar taqdimotlari o’tkazildi.
“Obod mahalla”, “Kambag’allikdan farovonlik sari” va “Yashil makon” dasturlarida tadbirkorlar ishtirokini kengaytirish masalalari ham ko’rib chiqildi.