Samarqand va Xuroson Razaviy viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama etildi
2025-02-27 17:30:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Eron Islom Respublikasining Razaviy Xuroson viloyati hokimi G‘ulom Hussain Muzaffari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar savdo-iqtisodiy, transport-logistika, madaniy-gumanitar va turizm sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildilar.
Shuningdek, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv doirasida Samarqand viloyati hamda Razaviy Xuroson viloyati tadbirkorlari ishtirokida biznes forum tashkil etildi.
Forumda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Eron Islom Respublikasining Razaviy Xuroson viloyati hokimi G’ulom Hussain Muzaffari ishtirok etishdi.
Unda so'zga chiqqan har ikki viloyat rahbarlari mazkur tadbirlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashda yana bir muhim qadam ekanligini qayd etishdi.
Forumda o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Eron va Samarqand kompaniyalari vakillari ishtirokida B2B va B2G formatdagi uchrashuvlarlar ham o’tkazildi.