Samarqand delegatsiyasi mexanik asbob-uskunalar ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurdi
2025-01-17 14:55:00 / Yangiliklar
Tianjin Baili Machinery Equipment Group davlat kompaniyasining rivojlanish tarixi 70 yilni tashkil etadi.
Bir necha o'n yillar davomida Tyanjin mashinasozlik sanoatining vorisi va asosiy kuchi sifatida Xitoyning mexanik asbob-uskunalar ishlab chiqarishini rivojlantirishda katta hissa qo'shib kelmoqda.
Mazkur kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan gidroelektrstantsiyalar uchun uskunalar va suv nasoslari juda xaridorgir hisoblanadi.
Bugun Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev boshchiligidagi Samarqand delegatsiyasi mazkur korxonaga tashrif buyurdi. Kompaniya rahbariyati mehmonlarga ularning faoliyati qanday tashkil etilgani, erishayotgan muvaffaqiyat va yutuqlari haqida so‘zlab berishdi.