Tyantszin shahri partiya qo‘mitasi kotibi bilan uchrashuv
2025-01-17 10:50:00 / Yangiliklar
Ayni paytda Adiz Boboyev Xitoyning Tyantszin shahri partiya qo‘mitasi kotibi Chen Miner bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Uchrashuvda viloyat rahbari Tyantszin shahri tadbirkorlari bilan birga Samarqand-Tianjin zamonaviy sanoat parkini qurish, elektr transport vositalari va ularning ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish hamda onlayn sotuvni yo‘lga qo‘yish va sun`iy intellektdan foydalanish borasida hamkorlikda o‘quv markazlarini tashkil etish takliflarini bildirdi. Shuningdek, Tyantszin shahri rasmiy vakillarini va tadbirkorlarini Samarqandga taklif etdi.
O‘z navbatida, partiya qo‘mitasi kotibi Chen Miner bildirilgan barcha takliflarni qo‘llashini va amaliy yordam berishga tayyorligini bildirdi.
Viloyatimiz delegatsiyaning Xitoyga tashrifi davom etmoqda.