Qozog‘iston elchisi bilan uchrashuv
2024-10-09 15:45:00 / Yangiliklar
Bugun viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Qozog‘iston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Beybut Atamqulov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda savdo-iqtisodiy, energetika, qishloq xo‘jaligi, kimyo hamda mashinasozlik sohalarida hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.
Elchi Samarqandda ishlab chiqarilgan gilam va gilam mahsulotlari, quruq mevalar Qozog’iston bozorida juda xaridorgirligini bildirib, eksport hajmini oshirish masalalariga to’xtalib o’tdi.
Yakunda qator sohalarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish ikki tomon uchun ham manfaatli ekanligi bildirildi.