Dunyo yoshlari Toshkent viloyatida
2024-06-29 19:00:00 / Новости

Dunyo yoshlari Toshkent viloyatida.
Toshkent viloyatida “Butunjahon Yoshlar Festivali-2024” doirasidagi bir qator uchrashuv va ekologik loyihalar o’tkazildi.
Jumladan, BMTning “Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hadli konvensiya” doirasida yoshlar konferensiyasi va “Astrum IT” akademiyasida ochiq muloqotlar tashkil etildi.
Toshkent viloyatida “Butunjahon yoshlar festivali” o‘tkazilgan mazkur konferensiyada 12 ta davlatdan jami 84 nafar dunyoning eng faol ekologlari, iqlimshunos mutaxassislar hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari ishtirok etishdi.
Dasturi davomida xorijiy ishtirokchilar va mahalliy yoshlar tomonidan “Clean games” aksiyasi tashkil etilib, Bo‘stonliq tumanidagi belgilangan hudud chiqindilardan tozalandi!
Shuningdek, ekspertlar va ishtirokchilar tomonidan ekologik muammolarning oldini olish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga qaratilgan bir qator taklif hamda tashabbuslar ishlab chiqildi.
Jumladan, Bo‘stonliq va Yuqori Chirchiq tumanidagi “Astrum IT” akademiyasida forum doirasidagi muloqotlar tashkil etildi. Uchrashuvda IT sohasidagi so‘nggi tendensiyalar, kiberxavfsizlik, sunʼiy intellekt va boshqa tegishli mavzular haqida maʼruzalar va seminarlar bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, muloqotlar davomida IT sohasidagi yosh mutaxassislar va talabalar o‘rtasida tajriba va bilim almashish, loyihalar haqida suhbatlashish va axborot texnologiyalari sohasidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishish imkoniyati ham yaratilmoqda.
“O‘zbekiston — Yaponiya Yoshlar Forumi”da esa yoshlar o‘rtasida madaniy va ma’rifiy rivojlanish, hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish hamda yoshlar orasida o‘zaro do‘stlik tushunchasini mustahkamlash yuzasida fikr almashildi.