O‘zbekiston tumanida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarining ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi va “Edo.ijro.uz” tizimi orqali nazoratga olingan topshiriqlarning ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshi
2025-09-18 08:40:00 / Новости

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni va 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarori hamda 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-117-son Farmonida belgilangan topshiriqlar asosida O‘zbekiston tumani hokimligida “Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlari o‘z vaqtida ijroga qaratilib, to‘liq va sifatli bajarilishi qat’iy nazoratga olingan.
Bu borada, tuman hokimligida “Edo.ijro.uz” tizimida nazoratga olingan topshiriqlar ijrosi “kunbay” tahlil qilinib borilmoqda.
O‘tkazilgan tahlil natijalari bo‘yicha, ijro intizomini ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan tizimli kamchiliklar, ularning sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilgan.
Topshiriqlar o‘z muddatlarida bajarilishini ta’minlash maqsadida har oyning
25-sanasida “Edo.ijro.uz” tizimida ijro muddati kelgusi oyda keladigan topshiriqlar ro‘yxati shakllantirilib, mas’ul tuman hokimining o‘rinbosarlari va bo‘lim boshliqlari kiritilmoqda.
Shundan kelib chiqib, mas’ul ijrochilar kesimida kalendar jadval tasdiqlanib, shu asosida ish tashkil etilmoqda.
Ushbu tizim orqali kelib tushgan topshiriqlarning ijro holati tuman hokimligida har haftaning dushanba kuni “Hokimlik soati” yig‘ilishida tuman hokimi, haftaning har juma kuni tuman hokimining birinchi o‘rinbosari tomonidan tanqidiy-tahliliy muhokama qilib, bajarilmay qolayotgan hamda muddati kelayotgan topshiriqlari o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashda tuman korxona va tashkilotlar hamda tuman hokimligi bilan muntazam ravishda muhokama qilinib kelinmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, tuman hokimligiga shu kunga qadar “Edo.ijro.uz” tizimi orqali jami 133 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida 1991 ta topshiriqlar kelib tushgan. Shundan, 1154 ta topshiriqlarda belgilangan vazifalar bajarilgan bo‘lib, 770 ta ijro muddati kelmagan topshiriqlarni belgilangan muddatlarda ijrosini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
O‘z navbatida, hisobot davrida 67 ta holatda “Edo.ijro.uz” elektron tizimi orqali berilgan topshiriqlarning ijrosi kechikib bajarilgan.
Bundan tashqari, tuman hokimligi mas’ul xodimlari tomonidan har oyda tasdiqlangan grafik asosida tashkilotlarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi maqsadli va kompleks o‘rganishlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, 2025-yilning sakkiz oyi davomida 8 ta (Tuman tibbiyot birlashmasida, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida, Suv yetkazib berish davlat muassasasida, Qishloq xo‘jaligi bo‘limida, tuman Sport maktabida, Ekologiya, atrof-muhitni muhofazasi va iqlim o‘zgarishi bo‘limida, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida) korxona va tashkilotlarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi holati o‘rganilib, topshiriqlar ijrosini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-noyabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, har bir topshiriqqa “temir intizom” bilan jiddiy yondashib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning topshiriqlarini o‘z vaqtida, samarali hamda to‘liq bajarishda tuman hokimining o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlarining roli hamda shaxsiy javobgarligini oshirish choralari ko‘rilib, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mas’ul rahbar va hodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rib borilmoqda.
