“Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi
2025-09-15 18:50:00 / Новости

“Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” respublika ko‘rik-tanlovining O‘zbekiston tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining joriy yil II-yarim yillik ish rejasi doirasida tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan tashkillangan tadbirda mahallalarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari o‘z ish tajribalari bilan bo‘lishdi. Ishtirokchilar ish faoliyatlari ko‘rik-tanlov nizomiga ko‘ra 9 ta mezon asosida baholandi.
Yakunda tanlovning tuman bosqichi g‘oliblari va faol ishtirokchilari aniqlanib, munosib taqdirlandilar.


