Hashar - milliy qadriyat, ahillik ramzi
2025-08-23 12:30:00 / Новости

Uyushqoqlik, pokizalik va mehr-oqibat ramzi bo‘lgan hashar xalqimizning ming yillar osha qadrlanib kelinayotgan azaliy udumlaridan biri sanaladi.
Kechada buyon mamlakatimiz bo‘ylab davom etayotgan “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq hashari O‘zbekiston tumanida ham ko‘tarinkilik bilan davom etmoqda.
Yurtimiz istiqlolining 34 yilligi oldidan tashkillangan ezgu tadbirda mahallalardagi faol xotin-qizlar, opa-singillarimiz ham faol ishtirok etmoqdalar.
Jarayonlarda ayollar milliy taomlar va pishiriqlar ham pishirib, elu-yurtga ulashmoqda hamda yurtdoshlarimiz o‘rtasida mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkam bog‘lanishiga, o‘zaro hurmat va totuvlik hislarini ortishiga hissa qo‘shmoqdalar.





