O‘zbekiston tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 6,4 % ga oshdi
2025-08-06 10:20:00 / Новости

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil yanvar-iyun oylari holatiga O‘zbekiston tumani bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 1 298,6 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. Bu ko'rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirganda 6,4 % ga oshgan.
Shundan:
Go‘sht tirik vaznda – 4,4 ming tonna
Sog‘ib olingan sut hajmi – 33,4 ming tonna
Olingan tuxum soni – 15,1 mln dona
Don – 37,8 ming tonna
Kartoshka – 15,1 ming tonna
Sabzavotlar – 30,5 ming tonna
Poliz ekinlari – 3,4 ming tonna
Meva va rezavorlar – 24,7 ming tonna
Uzum -134,5 tonna
Yirik shoxli qoramollar – 71,9 ming bosh
Qo‘y va echkilar – 67,1 ming bosh
Parrandalar – 436,3 ming boshni tashkil etdi.
