Tojikistonlik ishbilarmonlar O‘zbekiston tumanida istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga katta qiziqish bildirmoqda
2026-09-02 15:10:00 / Новости

O‘zbekiston tumani hokimi Rasuljon Jo‘rayev tojikistonlik ishbilarmonlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, xususan qurilish sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shu kuni tojikistonlik sarmoyadorlarga Qirqketmon mahallasida yangi tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston” kichik sanoat zonasi haqida tanishtirildi. 11 gektardan ziyod maydonga ega mazkur kichik sanoat zonasida umumiy qiymati 32,5 million dollarga teng, 940 ta yangi ish o‘rni yaratishni ko‘zda tutgan 6 ta yuqori qo‘shilgan qiymatga ega va innovatsion loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan va bu boradagi amaliy ishlarga kirishilgan. O‘zbek-tojik investisiyaviy hamkorligini ayni maskanda ham yo‘lga qo‘yish va uni rivojlantirish haqida o‘zaro muloqot qilindi.
Shuningdek, tojikistonlik ishbilarmonlar tomonidan tumanda renovatsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.



