O‘zbekiston tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatidan yana 100 foizlik natija: muassasaning joriy yilgi barcha bitiruvchilari ham talaba bo‘ldi
2026-08-17 08:20:00 / Новости

Kuni kecha eʼlon qilingan mandat natijalari maktab-internat jamoasi, oʻquvchilar, ota-onalar va jamoatchilik uchun chinakam bayramga aylandi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi O‘zbekiston tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatini 2025-2026-o‘quv yilida tamomlagan jami 49 nafar bitiruvchining barchasi oʻzlari istagan davlat oliy taʼlim muassasalariga muvaffaqiyatli qabul qilindi.
Kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra ularning 37 nafari davlat granti, 12 nafari esa to‘lov-shartnoma asosida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirdi. Qayd etilishicha, bitiruvchi yoshlarning o‘rtacha bali 181.3 ni tashkil etgan.
Albatta, ushbu marrani zabt etishda ta'lim maskanining ilgo'r, jonkuyar va fidoiy jamoasining mashaqqatli mehnati ham beqiyosdir.
Ilmga chanqoq va iqtidorli yoshlarimizga kelgusi hayot yo‘llarida, o‘qish va ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz.
