O‘zbekiston tumanilik yoshlar “Besh tashabbus olimpiadasi” viloyat bosqichi musobaqalarida salmoqli natijalarga erishdilar
2026-07-13 16:30:00 / Новости

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida xalq o‘yinlari bo‘yicha o‘tkazilgan Farg‘ona viloyati bosqichida O‘zbekiston tumani Turkiston mahallasi yoshlari o‘z epchilligi va sportdagi mahoratlarini namoyon etib, faxrli 2-o‘ringa sazovor bo‘ldilar.
Olimpiadaning armrestling sport turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan viloyat bosqichi bahslarida esa Kichik Tagob mahallasi vakili Hayotbek Abdullayev o‘z vazn toifasida tengsizligini isbotladi va musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Minglab ishtirokchilarni birlashtirgan ommaviy sport musobaqalarining shaxmat va shashka bahslarida ham tumanimiz vakillari o‘z iqtidorlarini ko‘rsatdi.
Sportning shaxmat turi bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqalarida Ko‘l Elash mahallasidan Xamidjon Pirnazarov faxrli 2-o‘ringa, shashka turi bahslarida esa Shodlik mahallasidan Sarvinozxon Ibroximova 3-o‘ringa sazovor bo‘lib, har ikki vakilimiz ham musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Barcha g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.






