Xalqaro investisiya forumi: investorlar bilan yangi kelishuvlar imzolanmoqda
2026-06-18 11:55:00 / Новости

Ayni kunlarda poytaxtimizda beshinchi Toshkent xalqaro investisiya forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Nufuzli xalqaro tadbirda O‘zbekiston tumani Investisiyani jalb qilish va eksport shoʻbasi mudiri Jaxongir Akramov boshchiligidagi vakillarimiz tomonidan tumanimizning iqtisodiy-investision salohiyati ham keng namoyish etilmoqda.
Mintaqadagi eng yirik ishbilarmonlik forumi doirasida shuningdek, O‘zbekiston tumanida xorijiy sheriklar bilan o‘zaro manfaatli loyihalarni shakllantirish bo‘yicha qator investisiya kelishuvlari imzolandi.
Xususan, Xitoy, Turkiya va Tojikiston kabi davlatlar bilan tumanda qurilish materiallari, kir yuvish kukunlari, suyuq sovun, xo‘jalik uchun boshqa turdagi kimyoviy vositalar va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish hamda mevani qayta ishlash yo‘nalishidagi loyihalarni amaliy bosqichga o‘tkazish bo‘yicha kelishuvlarga erishilmoqda.




