Deputatlik guruhi ta’lim muassasalaridagi kutubxonalar faoliyatini o‘rganmoqda
2026-06-05 09:45:00 / Новости

Xalq deputatlari O‘zbekiston tumani Kengashi deputatlik guruhi tuman hokimligi huzuridagi jamoatchilik Kengashi azolari bilan birgalikda tumandagi 7-umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasa kutubxonasi faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish jarayonida kutubxona fondi, mavjud adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi, o‘quvchi va pedagoglarning kitoblardan foydalanish imkoniyatlari hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar olindi.
Shuningdek, kutubxonada yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy adabiyotlar bilan boyitish ishlari, elektron resurslardan foydalanish holati va kitobxonlar sonini oshirishga qaratilgan tadbirlar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qilindi. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning mutolaa madaniyatini yuksaltirish hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, fondni yangi adabiyotlar bilan boyitish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy kutubxona muhitini yaratish bo‘yicha tavsiya va takliflar bildirildi.
Ta’kidlandiki, mazkur o‘rganish ishlari ta’lim sifatini oshirish, yosh avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.



