“Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
2025-12-09 15:40:00 / Новости

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni doirasida tuman hokimligi, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, adliya bo‘limi hamda ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, uning oldini olishda fuqarolik mas’uliyati, halollik tamoyillariga amal qilishning ahamiyati yuzasidan so‘z yuritildi. Ma’ruzachi mutaxassislar tomonidan mavjud qonunchilik, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari hamda amaliy choralar haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar kun tartibidagi mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularning oldini olish choralarini ko‘rish yuzasidan fikr almashildi.





