"Toza hudud" DUKdagi muammolar o‘rganildi
2025-08-25 11:30:00 / Новости
Xovos tumani hokimi Ulug‘bek Yo‘ldoshev tegishli mas'ullar bilan birgalikda "Toza hudud" DUKdagi muammolarni o‘rgandi.

Toza hudud" DUKdagi muammolar o‘rganildi
Xovos tumani hokimi Ulug‘bek Yo‘ldoshev tegishli mas'ullar bilan birgalikda "Toza hudud" DUKdagi muammolarni o‘rgandi.
Hozirgi vaqtdagi korxonadagi bir qancha aholining maishiy chiqindilarini tashish va yuk ortish texnikalari nosoz holatdaligi aniqlandi. Ushbu texnikalarni sozlash va ishchi holatga qaytarish bo‘yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, yangi texnikalar xarid qilish va aholiga belgilangan grafik bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni yaxshilash yuzasidan vazifalar belgilandi

