Mustaqil sud – bu adolat va qonun mustaqilligi
2026-07-30 19:30:00 / Новости

Bizga ma’lumki sud ؘ– nizolarni hal etish, adolat so‘rab boriladigan, adolat ta’minlaniladigan muqaddas dargohdir. Ana shu muqaddas dargohning ustunlari faqat va faqat adolat va qonunga tayanish, har qanday manfaatlar hamda har qanday aralashuvlardan holi maskan bo‘lib qolishi juda muhimdir. Biroq, sud o‘z dargoxiga nizoni yechimini topish uchun keladigan taraflarning xammasi uchun ularni bir xilda qanoatlantiradigan qaror chiqara olmaydi, chunki sudda qatnashadigan taraflardan biri da’vogar bo‘lsa, ikkinchi taraf javobgar hisoblanadi va sudning asosiy vazifasi ushbu nizoda ularning aybi bormi yoki yo‘qmi, bo‘lsa qay darajada aybdor, bo‘lmasa nima sababdan aybi yo‘qligini qonunlarimizda belgilab qo‘yilgan normalar asosida taraflarga tushuntirish va adolatli qaror qabul qilishdan iborat. Shu asosda ham sudlar ishonch va ishonchsizlik borasidagi munosabatlar qaratilgan, qaratilayotgan obyekt ekanligi ham tabiiy holat sanaladi. Lekin, har qanday holat va vaziyatda ham mustaqil sudlar adolat va qonun ustuvorligi asosida ishonchni mustahkam va bardavom qozonishi shart. Aks holda adolat maskaniga va oqibatida esa butun islohotlarga, ular samarasi, ular ishonchiga ham aks ta’sir etadi. Konstitutsiyamizning 130-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshiriladi.O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatdan, siyosiy partiyalardan, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan mustaqil holda ish yuritadi. Bugun biz so‘z va fikr erkinligi, bir so‘z bilan aytganda ochiqlik zamonida axborot asrida, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlar, turli xil fikrlar uchun imkoniyat berilgan davrda yashamoqdamiz. Shu bilan birga mustaqil sud nizoni yechimini oxirigacha yetkazmasdan turib, sudga, sudyaga tosh otadigan, kerak bo‘lsa u yoki bu munosabatni shakllantirib qo‘yadigan, populizm, piar uchun ishlayotgan shaxslar xam ko‘payib bormoqda va ularning oddiy holatga aylanib borayotgan bu munosabatlari oxir-oqibat xalqda sudga, sudyaga nisbatan salbiy fikr uyg‘otib qo‘yishiga sabab bo‘lmoqda. Shu borada Konstitutsiyamizning 136-moddasiga xam bir nazar tashlab qo‘yamiz va unda “Sudyalar mustaqildirlar, faqat Konstitutsiya va qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishga doir faoliyatiga har qanday tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. Sudyalar muayyan ishlar bo‘yicha hisobdor bo‘lmaydi. Sudyalar daxlsizdir” deb aniq va ravshan belgilab berilgan. Demak Asosiy Qonunimiz sudyaning odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga xar qanday tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi qatiy belgilab qo‘yilganligini o‘zi sud tomonidan nizo ko‘rish jarayonida ushbu ko‘rilayotgan ish bo‘yicha va olib borilayotgan sud majlisi, undagi protsessual jarayonlarni bilmay, tushunmay yoritib borishning o‘zi odil sudlovni amalga oshirishga aralashish deb baxolanishi lozim. Dono xalqimiz bekorga “qirq o‘lchab bir kes” deb maqol aytmagan, chunki sud hokimiyati mustaqil hokimiyat ekanligi Konstitutsiyada belgilab berilganligi, sudlarda nizolarni hal etishda qonun va faqat qonunga tayanishi kerakligi, sud tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning asosli va to‘g‘ri qabul qilinganligiga baho berish, sud qarori asosli bo‘lsa uni kuchida qoldirish, noto‘g‘ri qabul qilingan bo‘lsa uni bekor qilib yangi qaror qabul qilish faqat sudning yuqori turuvchi instansiyalari vakolatli ekanligi qonun bilan tartibga solinganligi, quyi sud tomonidan qabul qilingan qaror nizoni ko‘rib chiqishda oxirgi hujjat emasligi kabi protsessual normalarni sudning qarori qonuniy kuchga kirmasdan yoki sud tomonidan nizoni ko‘rish jarayonida unga “baho” beradigan shaxslar tushunib yetishi kerak. Yurtimizda davlat siyosati asosida olib borilayotgan sud-huquq sohasining progressiv islohotlar natijasida, keyingi yillarda sud hokimiyati tizimida xam ijobiy siljishlarga erishilayotganligi, sudning mustaqil hokimiyat sifatida to‘liq shakllanishi uchun davlat tomonidan juda katta islohatlar amalga oshirilayotganligi, sud korpusini bilimli va xalol kadrlar bilan to‘ldirish borasida doimiy nazorat olib borilayotganligi, sud tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlar sifatini oshirish va sud qarorlari ijrosini ta’minlashga xam katta e’tibor berilayotganligi, sudlar faoliyatiga AKT va shaffof tizim izchil qo‘llanilyotganligi, buning natijasida korrupsiya holatlarini keskin kamaytirishga erishilganganligi, sudlar faoliyati moddiy texnik ba’zasi tubdan yangilanganligi, sudyalarning ijtimoiy ahvoli bir necha barobar yaxshilanganligi kabi holatlar, sudning mustaqilligini ta’minlashda, xalqning sudga qilayogan murojaatlarini o‘z vaqtida, sifatli, adolatli, to‘g‘ri va asosli qarorlar qabul qilishga erishishiga, sud hujjatlarining ijrosini o‘z vaqtida ta’minlashga imkon beradi deb hisoblayman.
