Xovos tumanida qurilish sohasida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash yuzasidan matbuot anjumani o'tkazildi
2026-07-09 18:15:00 / Пресс-конференции
Anjumanda tuman hokimining tegishli o'rinbosari hamda tuman arxitektura, qurilish cva kommunal xizmat ko'rsatish bo'limi boshlig'i ishtirik etib, dastlab ma'lumotlar bilan o'rtoqlashdi.

Ta'kidlanishicha, Xovos tumani “Gulbahor” va “Qahramon” mahallasi “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturiga kiritilgan bo'lib infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush sharoitini oshirish hamda hududning zamonaviy qiyofasini shakllantirish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, tumanda yangi ijtimoiy soha obyektlarini tashkil etish, ta'mirga muhtojlarini esa mukammal rekonstruksiya qilish bo'yicha ishlar tashkil etiladi.
Shuningdek, qurilish sohasida ochiqlik va shaffoflik ta'minlash maqsadida har bir qurilish obyektlari elktron platformalar orqali tasdiqlanishi belgilanganligi, inson omilisiz platformalar korrupsiya holatlariga chek qo'yganligi yuzasidan batafsil ma'lumotlar berildi.
