Intensiv mevali bog‘lar barpo etiladi
2026-06-12 19:55:00 / Новости

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 iyuldan eskirgan bog‘larni yaroqsiz deb topish, ular o‘rnida sanoatlashgan bog‘lar barpo etish yoki haydaladigan yerlar turiga o‘tkazish to‘g‘risida xulosani Agrosanoatni rivojlantirish agentligiga ham beriladi.
Agentlik xulosa berilgan sanadan boshlab, 12 oy davomida yangi bog‘ va tokzorlar barpo etilmagan taqdirda, ushbu bog‘lar joylashgan maydonlar uchun yer solig‘i va suvdan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 3 barvarga oshiriladi.
24 oy davomida yangi bog‘ va tokzorlar barpo etilmagan taqdirda, ushbu bog‘lar joylashgan maydonlarda suv olish ta’qiqlanadi.
Moliya viy qo‘llab –quvvatlash uchun tijorat banklari orqali 7 yilmuddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada milliyvalyutada har bir gektarga 120 million so‘mgacha miqdorida kreditlar beriladi.
Mazkur Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad etib, 2026-2028 yillarda 172 ming gektar sanoatlashgan bog‘lar barpo etish belgilangan.
Guliston tumanlararo iqtisodiy
sudining sudyasi O‘.Yo‘ldoshev
sud’ya yordamchisi E.Egamqulov
