Sudlarda komplayens nazorat tizimi joriy etiladi
2026-06-11 10:15:00 / Новости

Farmonga ko‘ra, sud apparati xodimlari orasida korrupsiyaning oldini olish, shu jumladan manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash va tartibga solish uchun mas’ul bo‘lgan Komplayens nazorat xizmati tashkil etiladi.
Bundan tashqari, Sud apparati xodimlari kasb mas’uliyatini yanada chuqur xis etishlari mmaqsadida mansab darajasiga ega bo‘lgan sud apparati xodimlari uchun ixtisoslashgan xizmat kiyimi joriy etilishi belgilangan.
HR-menejment mexanizimlardan keng foydalangan holda sudlar apparatining kadrlarini boshqarish va nazorat qilishning samarali va zamonaviy tizimi joriy etiladi.
Mazkur Farmon sud tizimida oshkoralik va shaffoflikni yanada oshirishga hamda ushbu tizimda korrupsion holatlarni oldini olishga xizmat qiladi.
Guliston tumanlararo iqtisodiy
sudining sudyasi O‘.Yo‘ldoshev
Arxiv mudiri A.Djalolov
