Xovosda bitiruvchilar uchun muhim sinovlar tashkil etildi.
2026-04-23 18:40:00 / Новости
Xovos tumanidagi 6 ta umumta’lim maktabining 11-sinf bitiruvchilari uchun repetitsion-diagnostik test sinovlari tashkil etildi. Unda tumandagi 6-, 15-, 17-, 22-, 29- hamda 32-maktab o‘quvchilari faol ishtirok etdi.

Xovosda bitiruvchilar uchun muhim sinovlar tashkil etildi.
Xovos tumanidagi 6 ta umumta’lim maktabining 11-sinf bitiruvchilari uchun repetitsion-diagnostik test sinovlari tashkil etildi. Unda tumandagi 6-, 15-, 17-, 22-, 29- hamda 32-maktab o‘quvchilari faol ishtirok etdi.
Test jarayonlarining shaffofligi va adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi vakillari bevosita kuzatuvchi sifatida qatnashdi.
Mazkur diagnostik sinovlar o‘quvchilarga o‘z bilimlaridagi bo‘shliqlarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda yakuniy imtihonlar oldidan ruhiy tayyorgarlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
