Uchko‘priklik yana bir yosh o‘z uyiga ega bo‘ldi
2026-05-26 17:35:00 / Новости
Prezidentimizning tegishli qarori bilan Uchko‘prik tumanida yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning muammolarini o‘rganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yaqinda 18 yoshini qarshilagan uchkoʻpriklik Umidjon Mullayev o‘z uyiga ega bo‘ldi: Davlatimiz rahbari boshchiligidagi insonparvar islohotlarning yorqin namunasi sifatida unga shinam va ko‘rkam xonadon kaliti topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi Qodirjon Erkaboyev, İtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi Saidfarruh Islomov va jamoatchilik vakillari qatnashib, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga alohida e’tibor qaratilayotgani "Inson qadri uchun" degan ezgu tamoyilning amaliy ifodasi ekanini ta’kidlashdi.
O‘z o‘rnida, Umidjonning yaqinlari ko‘rsatilgan otalarcha g‘amxo‘rlik uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirishdi.


